Sohadagi muhim yangiliklardan biri shundaki, davlat rahbari topshirig‘iga muvofiq ma’muriy jazolar tizimiga yangi – “ma’muriy ogohlantirish” ta’sir chorasi kiritilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ayrim yengil turdagi huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarga DYP inspektori tomonidan ogohlantirish beriladi. Ogohlantirish bir yil ichida faqat bir marotaba qo‘llanishi mumkin.
Mazkur o‘zgarish haydovchilarga nisbatan yondashuvni insonparvarlashtirish, yengil qoidabuzarliklar uchun darhol jarima qo‘llamaslik orqali harakat madaniyatini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.