Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Yangi oʻquv yilida maktab direktorlari, oʻrinbosarlari, bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 mln. soʻmgacha oshirilishi rejalashtirilgan
Jamiyat

Yangi oʻquv yilida maktab direktorlari, oʻrinbosarlari, bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 mln. soʻmgacha oshirilishi rejalashtirilgan

Gulhayo Naimova 15.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :12

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilish avvalida davlat rahbari mamlakat taraqqiyotini ta’lim bilan bog‘liq holda baholadi.

“Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq,” — dedi Prezident.
“Shu bois, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz zarur.”

Prezident ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yetti yilda maktabgacha va maktab ta’limiga ajratilayotgan byudjet mablag‘lari 7 baravarga oshgan. 2025-yil yakuniga qadar bu soha uchun ajratilayotgan mablag‘ hajmi 60 trillion so‘mga yetadi.
Maktablarda 1 million, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rin yaratilgan. Maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi uch barobarga oshib, 78 foizga yetgan.

O‘qituvchilarning ish haqi tizimi ham qayta ko‘rib chiqilgan. Malaka, xorijiy tillarni bilish, fan olimpiadalaridagi ishtirok va boshqa mezonlar asosida 10 dan ortiq ustama joriy etilgan. Bu tizimdan foydalangan 60 ming nafardan ortiq pedagog hozirda 8 milliondan 12 million so‘mgacha maosh olayotgani qayd etildi.

Shuningdek, bog‘cha tarbiyachilarining oyligi 65 foizga oshirilgan va maktab o‘qituvchilari bilan tenglashtirilgan. Yangi o‘quv yilidan maktab direktor va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, bog‘cha mudiralarining ish haqi 7–10 million so‘mdan oshishi kutilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *