Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Olimlar ko‘rish qobiliyatini jarrohliksiz tiklash usulini ishlab chiqdi

CBg VslU2YnfnXCbCTe2gY6hwkoHAek xl VXkm4jb 3ihrLoQ asqhKlx Xub1FH1 R13Wnp6 cSOc8uX yGTySL6 bVVrSyS KKYOkuz ZSVaedU PR0cY79 lFYL9FN uyOFB8g XL26vzM nK8MgwE.medium 1

Janubiy Koreyaning KAIST instituti olimlari Prox1 oqsilini blokirovka qiluvchi yangi antikor orqali retina hujayralarining tabiiy regeneratsiya qobiliyatini qayta faollashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tadqiqot natijalari 2025-yil 25-martda Nature Communications jurnalida chop etildi. Mazkur usul retina degeneratsiyasidan aziyat chekayotgan bemorlar uchun inqilobiy yechim bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Prox1 oqsili odatda ko‘zda hujayralarning tiklanishiga to‘sqinlik qiladi, biroq uni bloklash orqali Müller glia hujayralari asab to‘qimalarini yangilay boshlaydi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar natijasi olti oy davomida saqlanib qolgan.

Klinik sinovlar insonlarda 2028-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu esa millionlab ko‘rish muammosidan aziyat chekayotganlar uchun umid baxsh etadi.