Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

18 gektar yerni 200 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan bank xodimi qo‘lga olindi

Nilufar Qobilova 15.05.20251 daqiqa o'qiladi
59

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tijorat banklaridan birining mutaxassisi fermer xo‘jalikka tegishli yer maydonining bir qismini noqonuniy sotishga uringanida qo’lga olindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u otasi boshqarayotgan, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning ijaraga olingan 22,6 gektar yer maydonidan 18,7 gektar qismini 200 mln. so‘m evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mutaxassisi 190 mln. so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi. Pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *