Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Samarqandda sayyohlar uchun ikki qavatli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

photo 2025 05 14 14 34 13

Samarqandda shahar mehmonlari uchun ikki qavatli sayyohlik avtobuslari harakati tashkil etildi. Yangi transport xizmati halqa yo‘nalishda amalga oshirilib, Go‘ri Amir maqbarasi va Shohi Zinda majmuasigacha bo‘lgan asosiy tarixiy joylardan o‘tadi.

Yo‘lovchilar uchun bir kunlik chipta narxi kattalar uchun 100 ming so‘m, bolalar uchun esa 50 ming so‘m etib belgilandi.

Avtobuslar kunduzgi vaqtda 10:00 dan 17:00 gacha, kechqurun esa 20:00 dan 23:00 gacha qatnaydi. Ushbu tashabbus shahar sayyohlik salohiyatini oshirish va mehmonlarga qulaylik yaratishga qaratilgan.