Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Rossiya frontga Ukrainadan ikki baravar ko‘p askar yuborayapti

Nilufar Qobilova 14.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :46

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakati har oyda Ukraina armiyasiga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p harbiy xizmatchilarni frontga yuborayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada odamlar urushga “o‘z ixtiyori” bilan borayotgan bir paytda, Ukraina majburiy safarbarlikka tayanmoqda.

“Ular zo‘rg‘a 30 ming kishini safarbar qilayotgan bo‘lsa, bizga oyiga 50-60 ming yigit o‘z ixtiyori bilan kelmoqda”, — dedi Putin.

G‘arb razvedkasi va tahlilchilar bu raqamlarni shubha ostiga olmoqda

Putinning bayonotlari G‘arb razvedka xizmatlari ma’lumotlariga mos kelmaydi. AQSH va Yevropa Ittifoqi razvedkasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya armiyasiga oyiga 30-40 ming harbiy jalb qilinmoqda. Tahlilchilar fikricha, urushga qo‘shilishning asosiy sababi yuqori pul mukofotlari bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, qamoqxonalardan mahbuslarni safarbar etish davom etayotgani aytilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiyaning safarbarlik choralaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — frontdagi yo‘qotishlarni qoplashdir.

Britaniya razvedkasi urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasi safida halok bo‘lgan va yaralanganlar sonini qariyb bir million deb baholagan. Biroq, Rossiya shu paytgacha muhim hududiy yutuqlarga erisha olmagan. 2024-yil yakunida Rossiya qo‘shinlarining oldinga siljishi Ukraina hududining atigi 0,5 foizini tashkil qilgan.

The Economist ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘qotishlarning ortishi va inson resurslari cheklanganligi sababli Rossiya Bosh shtabi va Mudofaa vazirligi Kremlga safarbarlikning yangi to‘lqinini boshlash bo‘yicha bosim o‘tkazmoqda. Harbiylar bu jarayonni 2024-yil may oyida boshlashni taklif qilgan.

Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) vakili Jorj Barros Rossiyaning urushni hozirgi darajada davom ettirishi uchun taxminan 12-16 oy vaqti borligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, Rossiyani iqtisodiy muammolar, resurslar tanqisligi va inson salohiyatining cheklangani to‘xtatib turibdi.

Putin 2022-yil sentyabrida “qisman safarbarlik” e’lon qilganidan so‘ng, 650 mingdan ortiq rossiyalik mamlakatni tark etgan. The Bell nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil iyul holatida ulardan kamida 666 ming nafari Rossiyaga qaytmagan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *