Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Xorazmdagi uylardan birining tomiga asteroid tushganmi?

IMG 20250514 113534 726

Joriy yilning 12 may kuni soat 03:39 da Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bog‘ot tumani, “Yuksalish” mahallasi “Obod Vatan” ko‘chasida joylashgan 4-uy dahlizining taxminan 10 kvadrat metrlik tom qismi qulab tushgani haqida xabar kelib tushdi. Hodisada hech kim jarohat olmagan.

Voqeaga oid tasdiqlanmagan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ayrim foydalanuvchilar uyning tomi “asteroid tushgani sababli” qulagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Biroq, rasmiylar bu da’volarni rad etishmoqda.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar boshqarmasining maxsus laboratoriya xizmatlari hodisa joyini o‘rganib chiqdi.

O‘tkazilgan tekshiruvlarda fazoviy jismlar yoki portlovchi moslamalarga oid hech qanday iz topilmadi.

Shuningdek, xonadonda 2 ta propan gaz balloni borligi aniqlangan. Hodisaning asl sababini aniqlash uchun maxsus ekspertiza tayinlandi.

Rasmiylar tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati barcha fuqarolardan texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.