Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

O‘zbekistonliklar 2025-yilgi Green Card lotereyasi gʻolibligida yetakchi

Gulhayo Naimova 12.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :22

AQSh Davlat departamenti e’lon qilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil uchun Diversity Visa (Green Card) dasturi natijasida 5 564 nafar o‘zbekistonlik lotereya g‘olibi sifatida tanlangan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonni dunyo bo‘yicha eng ko‘p g‘olib chiqqan davlatga aylantirdi.

Yiliga 55 mingtagacha doimiy yashash vizasi ajratiladigan mazkur dasturda jahon bo‘ylab taxminan 131 ming kishi dastlabki bosqichda saralangan. Ularning eng katta qismi — 5,5 mingdan ortig‘i — O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ri kelgan.

Tanlanganlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Jazoir (5 526), Rossiya (5 519), Misr (5 515) va Sudan (5 505) egallagan. G‘oliblarning asosiy qismi Afrika, Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan.

Davlat departamentining eslatishicha, har yili o‘tkaziladigan Green Card lotereyasi AQShning 1990-yildagi immigratsiya to‘g‘risidagi qonuniga asoslanadi. Dastur muhojirlar tarkibini yanada rang-barang qilish, turli millatlarga teng imkoniyat yaratish maqsadini ko‘zlaydi. Odatda, 20 milliondan ortiq inson ariza topshiradi, biroq faqat tanlanganlargina AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, tanlanganlarning barchasi ham vizani qo‘lga kiritmasligi mumkin. Bunga asosiy sabab — hujjatlarni topshirmaslik, elchixonadagi suhbatdan o‘tolmaslik yoki talabga javob bermaslikdir. Shu bois, 55 ming vizani to‘liq taqsimlash uchun undan ko‘proq arizachi dastlabki bosqichda tanlab olinadi.

DV-2025 vizalari 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 30-sentabrgacha bo‘lgan davrda beriladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *