Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

O‘zbekistonlik haj ziyoratchilarining ilk guruhi Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi

IMG 20250513 104120 254

2025-yilgi haj mavsumining ilk ziyoratchilari bugun Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Ular muborak Haj safarini ado etish uchun muqaddas Makka shahriga otlanmoqda.

Ziyoratchilarni kuzatish marosimi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar, Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, diniy ulamolar, imom-domlalar, rasmiylar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Safar oldidan muftiy Hazratlari haj amalini ado etishga otlangan yurtdoshlar uchun duo qildi. Ziyoratchilarning eson-omon Haj farzini bajargan holda vatanga sog‘-salomat qaytishlarini tiladi.

Haj – 2025 mavsumi rasmiy tarzda boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil minglab o‘zbekistonliklar ushbu ibodatni ado etish niyatida Makka va Madinaga yo‘l oladi