Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

O‘zbekistonda Sloveniya Respublikasining yangi elchisi tayinlandi

Nilufar Qobilova 12.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :16

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Baxtiyor Saidov Sloveniya elchisining tayinlanishi ikki tomonlama munosabatlar uchun yangi ufqlar ochib berishini qayd etdi. Shuningdek, 2025 yil uchun belgilangan ikki tomonlama kun tartibi sermazmun va istiqbolli ekanligi alohida ta’kidlandi.

“Turli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash biz uchun asosiy ustuvor vazifadir”, — dedi tashqi ishlar vaziri.

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida savdo, sarmoya, madaniyat, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *