Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yangi tartibda amalga oshiriladi

5c71466dfe14e10ec1dd68fc951d3f78

2025-yil 8-may kuni Prezident tomonidan “Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmon (PF-84-son) imzolandi.

Farmonga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kam ta’minlangan oilalar reestriga kiritilgan va bu reestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar uchta toifaga bo‘linadi:

“Qizil” toifa – a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi shartlardan biriga mos keladigan oilalar:

  • Mehnatga layoqatsiz a’zosi bo‘lgan;

  • Parvarishga muhtoj nogiron farzandi yoki keksasi bor;

  • Boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi qamoqda bo‘lgan oila.

“Sariq” toifa – a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan, biroq mehnatga layoqatli a’zolari mavjud oilalar.

“Yashil” toifa – a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1-1,5 baravarigacha bo‘lgan, ilgari “qizil” yoki “sariq” toifada bo‘lgan yoki reestrga tushish ehtimoli yuqori oilalar.

Ushbu tasnif asosida har bir toifaga mos ravishda ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

Yangi tizim kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojini yanada aniqroq belgilash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya choralarini samaraliroq tashkil etish imkonini beradi.