Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish tsexi fosh qilindi: 10 mlrd so‘mlik dorilar musodara qilindi
O'zbekiston

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish tsexi fosh qilindi: 10 mlrd so‘mlik dorilar musodara qilindi

Nilufar Qobilova 12.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :19

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalarini ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin tsex faoliyati to‘xtatildi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur holat fosh etildi.

Qalbaki dorilar va noqonuniy tsex

1984-yilda tug‘ilgan shaxs tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi ijaraga olingan uyi ko‘zdan kechirilganda, u yerda 49 nomdagi 594 127 dona qalbaki dori vositalari tayyorlanib, sotuvga chiqarilayotgani aniqlandi. “Futsis”, “Prosulpin”, “Ursosan”, “Arbidol” kabi dorilar 50 ta uskunalar yordamida qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, sifat talablariga javob bermaydigan 168 kg dori xomashyo, etiketkalar, qadoqlar, bo‘sh idishlar va kapsulalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Uy sharoitida ishlab chiqarilgan dori vositalari

Tergov davomida mazkur shaxsning Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirildi. Natijada 28 640 dona tayyor dori vositalari, 75 dona ampula, turli nomdagi suyuqliklar, etiketalangan va etiketasiz mahsulotlar, bo‘sh qutilar hamda qoliplar topildi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs dori tayyorlash uchun xomashyolarni internet orqali noma’lum shaxslardan sotib olib kelgan.

Noqonuniy savdo hajmi 10 mlrd so‘mdan oshdi

Ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan dori vositalari va uskunalarning umumiy qiymati qariyb 10 milliard so‘mni tashkil etadi. Qalbaki dorilar Toshkent va Buxoro viloyatlaridagi dorixonalar orqali sotuvga chiqarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tibbiy buyumlar bilan bog‘liq yana bir noqonuniy holat

Boshqa bir holatda, 1992 yilda tug‘ilgan shaxs va uning sherigi, 1996-yilda tug‘ilgan bank xodimi Xitoydan olib kelingan 574 560 dona infuzion sistema tibbiy buyumlarini 55 700 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Buyumlarning umumiy qiymati 1 milliard so‘mga baholandi va foydalanishga yaroqsiz deb topildi.

Ushbu holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining xuddi shu moddasiga binoan jinoyat ishi ochildi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *