Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Endi blogerlar ham soliq to’laydi

62f1dAzsdbtXO1RmHsMWL1RhDEqWVpuu

O‘zbekistonda internet orqali daromad oluvchi blogerlar faoliyati qonun bilan tartibga solinmoqda. Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida bu masalaga alohida urg‘u berilgan.

Influyenser kim?

Qonun loyihasida “influyenser” tushunchasi aniq belgilandi. Unga ko‘ra:

Influyenser — o‘z akkaunti yoki ommaviy hamjamiyatida 10 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger hisoblanadi.

Reklamadan tushgan daromad – qonuniy soliq bazasi

Yangi tartibga muvofiq, bunday influyenserlar o‘z faoliyatidan kelib tushgan har qanday reklama yoki boshqa tijorat hamkorliklari natijasida olingan daromadlardan soliq to‘lash majburiyatiga ega bo‘ladi. Soliqlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga muvofiq hisoblanadi va to‘lanadi.

Faoliyatni qonuniylashtirish – shaffoflik va mas’uliyat

Mazkur tashabbus orqali axborot makonidagi faoliyatni qonuniylashtirish, blogerlarning jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini oshirish va davlat byudjetiga daromadlarni rasmiylashtirish maqsad qilingan.

Muhimi, bu talab faqat 10 ming va undan ortiq foydalanuvchiga ega akkauntlarga taalluqli bo‘ladi. Shu orqali kichik blogerlar va oddiy ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ortiqcha yuklamaga duchor bo‘lmaydi.