Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

HAMAS AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan Isroil askarini ozod qiladi

Gulhayo Naimova 12.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :14

HAMAS harakati 7-oktabr kuni garovga olingan isroillik askar, AQSh fuqaroligiga ega 20 yoshli Idan Alexanderni yaqin 48 soat ichida ozod qilishga tayyor ekanini e’lon qildi. Bu haqda guruh dushanba kuni bergan bayonotida ma’lum qildi.

HAMAS vakillarining aytishicha, qaror G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va insonparvarlik yordamini tiklashga qaratilgan vositachilik harakatlari doirasida qabul qilingan. Ularning bildirishicha, Idanning ozod qilinishi Qatarda olib borilayotgan muzokaralarning ijobiy natijasi sifatida ko‘rilmoqda.

Oq uyga yaqin manbalarga ko‘ra, Isroil va HAMAS o‘rtasida haligacha yakuniy kelishuvga erishilmagan. Biroq HAMASning bu qadami AQSh prezidenti Donald Trampning mintaqaga tashrifi arafasida e’tiborli sygnal sifatida baholanmoqda. Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff garovga olingan askarning oilasiga mazkur xabarni yetkazgan.

Tramp o‘zining Truth Social platformasida bu voqeani “AQShga nisbatan ezgulik va vositachilar — Qatar hamda Misr — urushni tugatish va garovdagi fuqarolarni qaytarish yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash” sifatida baholadi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ofisi esa Idan Alexanderni ozod qilish harbiy bosim va qat’iy siyosat natijasi bo‘lgani, Isroil esa bu jarayonda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday majburiyat olmagani, faqat askarning qaytishini ta’minlash uchun xavfsiz yo‘lak yaratilganini ta’kidladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *