Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Toshkentda sud raisi 170 ming dollar pora bilan qo‘lga olingani aytilmoqda

Toshkent shahrida Andijon viloyatidagi tuman sud raisi 170 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. 

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pora olgan shaxs besh oy oldin 10 yil muddatga sud raisi lavozimiga tayinlangan. U bungacha qurilish sohasida, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavod rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng sud tizimiga ishga o‘tganligi aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Oliy sud va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (SOK) rasmiy izohlari hali e’lon qilinmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan voqea yuzasidan keng jamoatchilik rasmiy bayonotlarni kutmoqda.