Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lovchi A380 avtomobil yo‘lida chigirtkalar to‘dasi paydo bo‘ldi
Jamiyat

Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lovchi A380 avtomobil yo‘lida chigirtkalar to‘dasi paydo bo‘ldi

Nilufar Qobilova 11.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :24

Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lovchi A380 avtomobil yo‘lida chigirtkalar to‘dasi paydo bo‘ldi.Rasmiy manbalarga ko‘ra, bu hodisa xavfli emas, ammo mutasaddilar tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu — qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazmaydigan saksoqol bukri chigirtkasi bo‘lib, u ayni damda Buxoro viloyatining ayrim tumanlarida ko‘paygan.

 

Vaziyatga tezkor javob berish maqsadida viloyatning chigirtkaga qarshi kurash xizmatlari tomonidan 4500 gektardan ortiq maydonga kimyoviy ishlov berildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa 15 ta maxsus texnika jalb etilganini, hozirgi paytda holat to‘liq nazorat ostida ekanini bildirdi.

Monitoring ishlari Buxoroning Gazli, Romiton, Qorako‘l va Toyloq tumanlarida davom etmoqda. Respublika bo‘ylab esa 472 ming gektar maydon kuzatuvdan o‘tkazilib, 267 ming gektar hududda chiqirtkalar aniqlangan. Shundan 244 ming gektariga kimyoviy ishlov berilgan.

Iqlimshunos Erkin Abdullahatov hodisani xavfli deb baholamadi, biroq chigirtkalar tarqalish xavfini jilovlash zarurligini ta’kidladi.

Fuqarolarga zararli hasharotlar aniqlangan taqdirda 1288 yoki 71 202 10 00 raqamlariga murojaat qilish tavsiya etildi. Shuningdek, Hududiy chigirtkaga qarshi kurash xizmatining telefon raqamlari ham ochiq e’lon qilingan. Xizmatlar to‘liq bepul ko‘rsatilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *