Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 963.16 +49.81 EUR 13 390.36 +61.70 RUB 142.33 −0.06

Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul iyun oyida boshlanadi

720 460 95 1037327072

2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga onlayn hujjat topshirish jarayoni iyun oyida boshlanadi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rasmiy xabar berdi.

Qabul jarayoni

Hujjatlar my.gov.uz yoki ariza.piima.uz platformalari orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qabul jarayonida murojaatchilarga yordam ko‘rsatish maqsadida:

  • 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
  • @piima_admission Telegram chatboti ishga tushirildi;

Barcha hududiy maktablarda maxsus qabul shtablari tashkil etilib, har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shtablarda malakali mutaxassislar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, ota-onalar va o‘quvchilarning savollariga javob berilmoqda.

Tavsiyalar

Mutasaddilar hujjat topshirishni rejalashtirayotgan o‘quvchilarga barcha bosqichlarni diqqat bilan o‘rganishni va rasmiy manbalarni kuzatib borishni tavsiya qilmoqda.