Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Madaniyat-san'at
  • Kino Shou-biznes Uyqusizlik, stress va ruhiy bosim: “Kalmar o‘yini”da suratga tushish aktyorlarning salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
Madaniyat-san'at

Kino Shou-biznes Uyqusizlik, stress va ruhiy bosim: “Kalmar o‘yini”da suratga tushish aktyorlarning salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Muharrir 16.04.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :27

Netflix platformasida namoyish etilgan “Kalmar o‘yini” serialining mashhurligi va muvaffaqiyati ortida aktyorlarning uzluksiz mehnati, ba’zida esa salomatligiga zarar yetadigan darajadagi fidokorona mehnati yashiringan. Ushbu serialda rol ijro etgan bir qancha aktyorlar suratga olish ishlari tugaganidan so‘ng turli ruhiy muammolarga duch kelgan.

Quyida “Kalmar o‘yini” aktyorlarining rolga kirish jarayoni qanday kechgani va serial tufayli ularning psixologik holati qanchalik o‘zgargani haqida to‘xtalamiz.

Serial bosh qahramoni Son Ki Xun obrazini yaratgan Li Jong Je bugungi kunda Koreya kino sanoatining eng mashhur yulduzlaridan biriga aylangan. Ammo aktyor birinchi mavsum suratga olish ishlari tugagach, chuqur ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. U tun yarmida uyg‘onib, sovuq terga botar, serialdagi o‘yinlar bilan bog‘liq dahshatli tushlar ko‘rgan.

“Men obrazga shu qadar kirishib ketdimki, suratga olish ishlari tugaganidan so‘ng ham uzoq vaqt davomida undan ajrala olmadim. Bo‘lib o‘tgan voqealar, og‘riqli hodisalar, qonli kadrlar va umidsizlik meni juda ezib yuborgan edi”, deydi aktyor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu murakkab rol uni nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham toliqtirgan.

Serial orqali katta mashhurlikka erishgan model va aktrisa Chon Xo Yon esa muvaffaqiyat ortidan kelgan bosimni ko‘tara olmagan. U bir hafta ichida stress tufayli 2,7 kilogramm vazn yo‘qotgan. Muxlislar uning holatidan jiddiy xavotir olishgan, biroq aktrisa keyinchalik sog‘lig‘ini tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, to‘satdan kelgan mashhurlik uni ovqatlanish va hatto suv ichish istagidan butunlay mahrum qilgan

Aktyor O Yon Su serialdagi rolidan so‘ng xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan. Ammo bu shon-shuhrat uni noaniq bir holatga solib qo‘ygan. Aktyor suratga olish ishlari tugaganidan so‘ng, ichki bo‘shliq hissi uni qamrab olganini aytgan:

“Men o‘zimni go‘yo havoda muallaq qolgandek his qilyapman. O‘zimni tinchlantirishim, fikrlarimni yig‘ishim va o‘nglab olishim kerak.”

Biroq aktyorning hayotiy tajribasi va donoligi uni bu holatdan tezda olib chiqqan. “Kalmar o‘yini” ayni damda uning so‘nggi loyihasi sanaladi. Ushbu roli uchun u nufuzli “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *