Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

29 04 2025 05 24 15 file 3934619

Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 28-yanvardagi navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

 

Yig’ilish natijalariga ko’ra, Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

 

Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: 2025-yil dekabr oyida umumiy inflyatsiya 7,3% gacha, bazaviy inflyatsiya 5,7% gacha tushgani ma’lum qilindi. Inflyatsiyaning pasayishi qat’iy pul-kredit siyosati, so‘mning mustahkamlanishi va import narxlari ta’sirida bazaviy inflyatsiyaning sekinlashishi hisobiga ta’minlanmoqda.

 

Shuningdek, 2026-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya 6,5% atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 2026 yil yakuni bo‘yicha iqtisodiy o‘sish 6,5–7% atrofida shakllanishi prognoz qilindi.

 

Pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning barqaror pasayishini ta’minlash maqsadida joriy qat’iy darajada saqlab qolinadi.

 

Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 18-mart kuniga belgilandi.