Dunyoda oltin narxi bir unsiya uchun 5000 dollardan oshib, yangi tarixiy rekordni o‘rnatdi. Buning asosiy sabablaridan biri o‘laroq geosiyosiy mavhumlik sharoitida investorlarning ushbu aktivga yopirilib kelishi ko‘rsatilmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk marta 10 mln so‘mdan oshdi.
Markaziy bank doimiy ravishda o‘lchovli oltin quymalarining narxlarini yangilab boradi. 26-yanvarda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasining narxi 10 mln 36 ming so‘mni tashkil qildi. Quymalar narxi 1 gramm uchun 2 mln 7 ming so‘mga baholanyapti.

