Bu haqda “Daryo” hukumatdagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalariga byudjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil korporativlarini o’tkazish va bayram dasturxonini yozish man etiladi.
Bu taqiq aynan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflamaslikka qaratilgan bo‘lib, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘z oylik maoshlari hamda rag‘bat pullari hisobiga ishdan tashqari vaqtlarda Yangi yil bayrami tadbirlarini tashkil etishlari mumkin.
Davlatga qarashli bo‘lmagan tijorat tashkilotlari, xususiy firmalar va kompaniyalar bundan mustasno.
