Poytaxtda Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘lari hamda markaziy maydonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, barcha bayram tadbirlari 25-dekabrdan boshlanadi va aksariyat joylarda 2026-yilning 10-yanvarigacha davom etadi. Poytaxtning asosiy archasi Milliy kutubxona oldiga o‘rnatiladi va asosiy tadbirlar ham o‘sha yerda o‘tadi.
Toshkentning barcha hududlaridagi bayram tadbirlari o‘tadigan manzillar ro‘yxati:
Yunusobod tumani:
- Alisher Navoiy O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydoni (asosiy tadbir) — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);
- Rixsiliy 24/7 turizm ko‘chasi, “Yunusobod Gallereya” majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (17:00 — 21:00);
Bektemir tumani:
- “Compass” savdo majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
Bektemir tumani:
- “Coca-cola garden” bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
Mirobod tumani:
- Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi — 21.12.25 — 04.01.26 (16:00 — 22:00);
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- “Central Park” markaziy istirohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
- “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududi — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);
Sergeli tumani:
- Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi hamda Yangi Sergeli istrohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
Olmazor tumani:
- Asia Supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatr) — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);
Uchtepa tumani:
- Uchtepa tumani hokimligining oldi qismi — 25.12.25 — 05.01.26 (16:00 — 20:00);
Chilonzor tumani:
- “G‘ofur G‘ulom” madaniyat va istirohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
- “Humo Arena” muz saroyi oldi maydoni — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);
- “Magic City” bog‘i — 20.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);
- Al-Xorazmiy 24/7 turizm ko‘chasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
Shayxontoxur tumani:
- “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
- “Tashkent City” majmuasi — 21.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);
Yashnobod tumani:
- Ashxobod saylgohi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 20:00);
Yakkasaroy tumani:
- “NEXT” savdo majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);
Yangihayot tumani:
- Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00).
