Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Xitoy mamlakatga kirish kartalarini onlayn to‘ldirishning yangi tizimini ishga tushirdi

rkosrdz

2025-yil 20-noyabrdan boshlab Xitoyda chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirish kartalarini onlayn to‘ldirishning yangi tizimi amal qilmoqda.

 

Yo‘lovchilar oldindan elektron shaklni to‘ldirib, QR-kodni olishlari mumkin. Ushbu kodni mobil qurilmada saqlash yoki chop etib, mamlakatga kirishda o‘zlari bilan olib yurishlari talab etiladi.

 

Bundan tashqari, Xitoy xalqaro aeroportlarining uchib kelish zonalarida pasport nazoratidan o‘tishdan oldin onlayn shaklga yo‘naltiruvchi QR-kodlar joylashtirilgan.

 

Mamlakatga kirish kartasini XXR Migratsiya ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasining rasmiy platformasi – en.nia.gov.cn saytida to‘ldirish mumkin.