Talabalar yotoqxonasi to‘lovini davlat qoplaydi: kimga va qanday ariza beriladi
“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning davlat oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi shaklda o‘qiyotgan farzandlari talabalar yotoqxonasi uchun oylik to‘lovni davlat budjeti hisobidan qoplatishi mumkin. Ariza har oyning 7-sanasigacha beriladi, pul esa 15-sanasigacha talabaning bank kartasiga o‘tkaziladi.

