Ziyolilar kengashining ilk respublika yig‘ilishi Toshkentda: 500 delegat
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida 23–24-noyabr kunlari mustaqillik tarixida birinchi marta “O‘zbekiston ziyolilari kengashi”ning respublika yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda olimlar, ijodkorlar, pedagoglar va jamoat vakillaridan iborat 500 delegat qatnashadi.

