Yangi alifboga o‘tish: eski harfli pasport va hujjatlar kuchini yo‘qotmaydi
Hukumat yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish tartibi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Loyihaga ko‘ra, eski harflar bilan rasmiylashtirilgan pasport, ID-karta, guvohnoma va mulk hujjatlari o‘z kuchini saqlaydi, ularni majburan almashtirish talab qilinmaydi.

