Prezident Andri Radzuelina ommaviy tartibsizliklardan soʻng mamlakatni tashlab qochdi.
25-sentyabr kuni “Madagaskarning Z avlodi” harakati elektr va suv bilan bogʻliq uzilishlar sabab One Piece animesi bayroqlari bilan koʻchalarga chiqdi: yoshlar qashshoqlik va korrupsiya muammolarini hal etishni talab qildi.
Zumerlarga kasaba uyushmalari va jamoatchilik tashkilotlari qoʻshildi. Hukumatning kommentdant soati joriy etishga boʻlgan urinishlari omadsizlikka uchradi — toʻqnashuvlar boshlanib, kamida 22ta odam halok boʻldi.
Toʻrtinchi kuni Radzuelina hukumat isteʼfosi haqida eʼlon qilib, vazirlarni LinkedIn dan topishni vaʼda qildi, ammo xalq uning vaʼdalariga ishonmadi.
Natijada armiya norozilar tomoniga oʻtib, prezident Makron bilan kelishuv asosida fransuz samolyoti bortida mamlakatni tark etdi.
Maʼlumot oʻrnida, avvalroq Nepalda ham “Z avlodi inqilobi” boʻlib oʻtgan edi. Unda zummerlar ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishiga qarshi norozilik namoyishini oʻtkazishgan va natijada Nepal hukumatini agʻdarilgan edi.
