Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Istanbulda o‘zbek ayoli eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Gulhayo Naimova 21.08.20251 daqiqa o'qiladi
94

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi, 35 yoshli ayol eri tomonidan rashk oqibatida pichoqlab o‘ldirildi, deb xabar qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.

Hodisa 17-avgust kuni Umraniye tumanida sodir bo‘lgan. Marhuma Samarqand viloyatidan boʻlib, vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aytilmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumondor — O‘zbekiston fuqarosi, marhumaning eri U.S. 18-avgust kuni ertalab Umraniye hududida qo‘lga olingan. Shuningdek, jinoyatchiga yashirinishda yordam berganlikda gumon qilinayotgan, Jizzax viloyatida tug‘ilgan B.O. ham politsiya tomonidan ushlangan.

19-avgust kuni sud gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘lladi. Istanbul politsiyasi hodisa yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.

Marhumaning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan bu jarayonda yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *