Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Fargʻonada 5 yoshli bolani avtomobil bir necha metrga sudrab ketdi

IMG 20250821 150924 188

Farg‘ona viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida besh yoshli bola halok bo‘ldi, deya xabar berdi viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Voqea 16 avgust kuni soat 16:30 lar chamasi Buvayda tumanining “Dehqonobod” mahallasida, 40V083 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli erkak boshqaruvidagi “GAZ-3110” rusumli avtomobil velosipedda yo‘lga chiqqan bolani urib yuborgan. Avtomobil zarba natijasida bolaning tanasini bir necha metr sudrab ketgani qayd etildi.

Jabrlangan bola darhol shifoxonaga olib borilgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.

Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov ishlari boshlangan.