Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Eronning Hormuz orolida “qonli yomgʻir” yogʻdi

Gulhayo Naimova 19.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :24

Eronning Hormuz orolida yomg‘ir yog‘ishi natijasida sohil boʻyi qizil rangga bo‘yaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yomg‘ir suvi qoyadan oqib tushayotgani va qip-qizil tusga kirgani aks etgan. Sayyohlar va mahalliy aholi bu holatni “qonli yomg‘ir” deb atadi.

Olimlarning aytishicha, bu hodisa orol tuprog‘ining temirga boyligi bilan bog‘liq. Simon Frayzer universitetining Yer fanlari professori Brent Uordning so‘zlariga ko‘ra, yomg‘ir suvi tuproqdagi oksidlangan temir bilan aralashib, suvga qizil rang bergan.

Hormuz oroli Fors va Ummon ko‘rfazlari tutashgan joyda, strategik hududdagi bo‘g‘ozda joylashgan.

NASA Yer Observatoriyasining xabariga ko‘ra, orol tuz, gips va boshqa bug‘lanma jinslardan tashkil topgan tuz gumbazi hisoblanadi. “Tosh tuzi bosim ostida suyuqlikka o‘xshab oqadi va yuqoriga ko‘tarilib, turli minerallar bilan aralashadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Buyuk Britaniyaning Meteorologiya xizmati bu hodisani “qonli yomg‘ir” deb nomlanuvchi hodisaning tabiiy ko‘rinishi sifatida izohladi. Odatda, bunday rang yomg‘irga chang yoki rangli zarrachalar aralashganda yuz beradi.

Avvalgi geologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Hormuz oroli tuprog‘ida temir eng ko‘p uchraydigan metall hisoblanadi. Tuproq tarkibida gil, karbonatlar va temirga boy vulqon jinslari mavjud bo‘lib, ular suv bilan aralashganda yorqin qizil, sariq va to‘q sariq tuslar hosil qiladi.

Hormuz oroli “kamalak oroli” deb ham tanilgan. Mahalliy aholining ayrimlari bu qizil tuproqni “Gelak” deb ataydi va uni ziravor sifatida ovqat tayyorlashda ishlatadi. Biroq olimlarning ogohlantirishicha, tuproq tarkibidagi og‘ir metallar sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin. “Tomshi” deb nomlanuvchi mahalliy non aynan shu tuproqdan tayyorlanadi. Ammo mutaxassislar uni oziq-ovqatda ishlatishdan voz kechishni maslahat bermoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *