Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekistonda bolalar uchun kontent ishlab chiqaruvchi kompaniyalar foyda solig‘idan ozod qilinadi
Jamiyat

O‘zbekistonda bolalar uchun kontent ishlab chiqaruvchi kompaniyalar foyda solig‘idan ozod qilinadi

Gulhayo Naimova 19.05.20251 daqiqa o'qiladi
51

O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlarni yaratish va ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

2025-yil 15-mayda imzolangan qarorga (PQ–183) ko‘ra, bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar qator soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi.
Qaror bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan kontentlarni ishlab chiqishni ustuvor yo‘nalishlar qatoriga qo‘shdi.

Jumladan:

sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat, milliy qadriyatlar va vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi kontentlar ishlab chiqish;

bolalar uchun xavfsiz axborot muhitini shakllantirish;

ota-onalar va bolalarni internetdagi zararli kontentlardan ogohlantiruvchi va baholashga yordam beruvchi vositalarni ishlab chiqish.

2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvargacha bolalar uchun kontent ishlab chiqarishdan olgan daromadi yillik umumiy daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar quyidagi imtiyozlardan foydalanadi:

foyda solig‘idan ozod qilinadi;

— ijtimoiy soliqni atigi 1 foiz stavkada to‘laydi;

— bolalar uchun kontent yaratishga yo‘naltirilgan xarajatlarini foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlash huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat darajasida tahsil olish uchun ushbu soha bo‘yicha 5 ta stipendiya kvotasi ajratiladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *