Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Toshkentda kuchli shamol sababli minglab iste’molchilar elektr ta’minotidan uzildi

Gulhayo Naimova 18.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :32

17-may kuni Toshkent shahri va viloyatida kuzatilgan kuchli shamol va chang bo‘roni oqibatida 18 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan vaqtincha uzildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi.

Rasmiylarga ko‘ra, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ayrim elektr tarmoqlari qo‘lda o‘chirilgan. Bu holat Toshkent shahrida 8 500 ta, viloyatda esa 10 300 ta iste’molchiga ta’sir ko‘rsatgan.

18-mayga kelib, soat 00:00 ga qadar olib borilgan tiklash ishlari natijasida 15 035 ta iste’molchiga elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Energetika xizmatlari 18-may tongida, soat 8:20 ga kelib nosozliklarni to‘liq bartaraf etganini ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng zudlik bilan maxsus brigadalar safarbar etilgan va tiklash ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilgan.
Toshkent shahri va viloyatida hozirda barcha iste’molchilar elektr tarmoqlariga qayta ulanib, ta’minot to‘liq tiklangan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *