Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Donald Tramp 11-marta bobo boʻldi

Gulhayo Naimova 18.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :38

AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Tiffany Tramp oʻgʻil farzandni dunyoga keltirdi.

Bolaning otasi asli nigeriyalik, hozirda amerikalik tadbirkor Maykl Bulos. Bolaga Aleksandr Tramp Bulos ismini qoʻyishgan.
Bu Donald Trampning 11-nabirasi.

Tiffany Tramp bu quvonchli yangilikni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib, “Dunyoga xush kelibsan, bizning shirintoy o‘g‘ilimiz Aleksandr Tramp Bulos. Seni ifoda etib bo‘lmaydigan darajada sevamiz! Hayotimizga kelganing uchun rahmat,” — deb yozdi.

Tiffanyning onasi, Trampning sobiq rafiqasi Marla Maples ham bu yangilikni quvonch bilan kutib oldi va ijtimoiy tarmoqda quyidagicha yozdi: “Bu dunyodagi eng katta baxt. Maykl va Tiffany, buvi sizlarni juda yaxshi ko‘radi! Ajoyib ish qilding, qizim!”

Tiffany Tramp va Maykl Bulos 2018-yilda tanishgan va 2022-yil noyabr oyida Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida to‘y qilishgan. Turmush qurishganidan so‘ng, ular asosan Miami va Dubay orasida yashab kelishmoqda.

Aprel oyida Tiffanyning oʻgay singlisi Ivanka Tramp Mayamida chaqaloq kutish marosimini tashkil etgan edi, unda Tramp oilasining boshqa a’zolari ham ishtirok etgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *