Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Tokioda besh nafar o‘zbekistonlik fuqaro talonchilikda gumonlanib hibsga olindi

Nilufar Qobilova 16.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :21

Tokio politsiyasi O‘zbekistonning besh nafar fuqarosini talonchilik va o‘g‘irlikda gumon qilib hibsga oldi. Japan Today va NTV manbalariga ko‘ra, hibsga olinganlardan to‘rt nafari Yaponiyada noqonuniy yashab kelayotgan bo‘lgan.

Politsiyaning rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilar 2023-yil 30-dekabr kuni soat 05:30 larda Shibuya tumanida uch nafar chet ellik bilan mushtlashgan, ularga tan jarohati yetkazgan va taxminan 210 ming iyena (taxminan 1 500 AQSH dollari) qiymatdagi hamyon va sumkalarini o‘g‘irlashgan.

Shuningdek, politsiya xabariga ko‘ra, gumonlanuvchilar mast mijozlardan o‘g‘irlangan kredit kartalari yordamida smartfonlar sotib olib, ularni qayta sotish orqali 8 million iyena (taxminan 55 ming AQSH dollari) daromad orttirishgan.

Hozirga qadar aniqlanishicha, ushbu jinoyatlar 2023-yil avgustidan 2024-yil fevraliga qadar Shibuya va Shinjuku hududlarida kamida 10 marta sodir etilgan.

Politsiya tergov doirasida ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini ham tekshirmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, gumonlanuvchi guruh yetakchisi 21 yoshli aralash jang san’ati (MMA) sportchisi bo‘lishi mumkin. U hozirda advokati bilan uchrashmaguncha ko‘rsatma berishdan bosh tortmoqda. Qolgan to‘rt kishi esa ayblovlarni inkor qilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *