Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

2025-yilda yashash sifati bo‘yicha eng yaxshi davlatlar e’lon qilindi

Gulhayo Naimova 14.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :29

Shveysariya dunyoda yashash sifati eng yuqori bo‘lgan davlat sifatida 2025-yilgi “Human Progress Index” (HPI) reytingida 1-o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarga Norvegiya (2-o‘rin) va Islandiya (3-o‘rin) joylashgan.

Gonkong to‘rtinchi o‘rinni egallab, Shvetsiyani ortda qoldirgan bo‘lsa, Daniya (6-o‘rin) va Germaniya (7-o‘rin) kuchli yettilikka kirdi. Irlandiya, Singapur va Avstraliya esa 8–10-o‘rinlarni band etdi.

Reyting qanday tuzildi?

CEOWORLD Magazine tadqiqotchilari 196 ta davlatni uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 23 ta ko‘rsatkich asosida tahlil qilishdi. Har bir indikator 100 ballik tizimda baholangan. Uchta yo‘nalish va ularning ichki ko‘rsatkichlari quyidagicha:

1. Barqarorlik:

Iqtisodiy o‘sish sur’ati

Bilvosita soliq stavkasi

Korporativ soliq stavkasi

Jismoniy shaxs daromad solig‘i

O‘rtacha umr davomiyligi

Ish bilan ta’minlanish va daromad xavfsizligi

Uy-joy sharoitlari va xarajatlari

Soliq va transferlardan keyingi uy xo‘jaliklari daromadi

Sof moliyaviy farovonlik

2. Qoniqish:

Umumiy xavfsizlik darajasi

Baxt indeksi (fuqarolarning hayotdan mamnunligi)

Davlat boshqaruv sifati

Korrupsiya to‘g‘risidagi tasavvurlar

Bolalar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi

Transport va infratuzilma sifati

Sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi

Ta’lim tizimi sifati va qulayligi

3. Muvozanat:

Inson huquqlariga rioya

Fuqarolik erkinliklari

Siyosiy huquqlar

Ish va shaxsiy hayot muvozanati

Diniy erkinlik

Gender tengligi

Atrof-muhitga e’tibor (ekologik barqarorlik)

Har bir kategoriya (barqarorlik, qoniqish, muvozanat) yakuniy indeksda teng hisobga olindi.

Shunday qilib, har bir davlat umumiy ballga ega bo‘ldi va reytingda mos ravishda o‘rin egalladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining o‘rni qanday?

2025-yilgi HPI reytingida Markaziy Osiyo va unga yaqin davlatlar quyidagi o‘rinlarni egalladi:

Qozog‘iston – 70-o‘rin

Turkmaniston – 96-o‘rin

O‘zbekiston – 108-o‘rin

Qirg‘iziston – 119-o‘rin

Tojikiston – 128-o‘rin

Afg‘oniston – 183-o‘rin

Bu davlatlarning koʻrsatkichlariga iqtisodiy erkinlik, fuqarolik huquqlari, ta’lim tizimi sifatidagi kamchiliklar va sog‘liqni saqlash tizimining yetarli darajada ishlamasligi ta’sir qilgan.

Ma’lumotlar CEOWORLD Magazine ekspertlari tomonidan dunyoning yetakchi tashkilotlari xulosalari va indekslariga tayangan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *