Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Salomatlik

Bolalar orasida “autizm epidemiyasi” kuchaymoqdami?

Nilufar Qobilova 11.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :36

AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarda autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar soni yildan-yilga oshmoqda. Ammo olimlar bu holatni “autizm epidemiyasi” emas, balki diagnostika va xabardorlik darajasining oshishi bilan izohlashmoqda.

Autizm — bu neyro-rivojlanish buzilishi bo‘lib, ijtimoiy aloqalar, hissiy reaktsiyalar va fikrlashdagi o‘ziga xosliklar bilan tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda autizm bilan bog‘liq tashxislar butun dunyo bo‘ylab 1% dan 3% gacha bolalarda uchramoqda.

Nega tashxislar ko‘paymoqda?

2000-yildan 2022-yilgacha AQShda autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar soni har 150 kishidan 1 nafardan, har 31 kishiga bitta holatgacha oshgan. Bu esa ko‘pchilikda xavotir uyg‘otgan.

 

Ammo mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu autizm holatlarining ko‘paygani emas, balki diagnostika tizimining takomillashgani va jamiyatdagi xabardorlik darajasining oshgani bilan bog‘liq.

Kaliforniyalik onalardan biri, Shennon Des Roshes Rosa, o‘g‘liga 2003-yilda 2 yoshida autizm tashxisi qo‘yilgach, sababini tushunishga urinadi. U ilk boshda noto‘g‘ri taxminlar asosida vaksinalarni ayblagan. Yillar o‘tib, u bu fikrdan voz kechib, boshqa ota-onalar uchun “Thinking Person’s Guide to Autism” nomli axborot platformasini tashkil qiladi.

Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar autizmning asosiy sababi genetik omillar ekanini ko‘rsatmoqda. Hozircha bu borada yagona sabab aniqlanmagan, lekin yuz minglab bolalar ustida olib borilgan tahlillar vaksinalar va autizm o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini isbotlagan.

 

Ba’zi siyosatchilar autizmning ommaviy ko‘rinishini “epidemiya” deb atagan. Ammo mutaxassislar, jumladan, ASAN (Autistic Self Advocacy Network) direktori Zoe Gross bu fikrni rad etadi.

“Raqamlar ortgani bilan autizm holatlari ko‘paydi degani emas. Shunchaki, ko‘proq bolalar tashxis olayapti”, — deydi u.

 

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *