Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Robotlar marafoni: texnologiya hali insondan orqada

Gulhayo Naimova 08.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :34

2025-yil 20-aprel kuni Pekinda dunyodagi birinchi humanoid robotlar ishtirokidagi yarim marafon bo‘lib o‘tdi. Tadbir shov-shuvli reklama  qilindi, ammo natijada robotlar o‘z imkoniyatlarini emas, zaif tomonlarini namoyon qilishdi.

Musobaqada Xitoyning turli shaharlaridan — Pekin, Shanxay, Guanchjou va Suzhoudan kelgan 21 ta robot qatnashdi. Ular insonlar kabi 21 kilometr masofani bosib o‘tishi kerak edi. Musobaqaning asosiy maqsadi — Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy robotlarning texnik darajasini dunyoga namoyish etish edi.
Ammo rejalanganidek bo‘lmadi. Ayrim robotlar musobaqaning boshidayoq noto‘g‘ri harakat qildi — marafon yo‘nalishi bo‘yicha yurish o‘rniga joyida aylanib qoldi. Ba’zilar esa atigi 80–100 metr yurib, muvozanatini yo‘qotib yiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda robotlarning qulab tushgani, ba’zilarining hattoki bosh qismi uzilib ketgani, ularni inson kuzatuvchilari joyiga ko‘tarib qo‘yayotgani aks etgan.
Uzoqroqqa bora olgan robotlarning ham harakati juda sekin bo‘ldi. Ularni kuzatib borayotgan odamlar oddiy yurish bilan ham ulardan tezroq edi. Finishgacha yetib kelgan yagona robot esa yo‘lda bir necha marta to‘xtab, batareyasini almashtirishga majbur bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda musobaqa ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimdir “Bu yurish-ku, qanday qilib buni yugurish desa bo‘ladi?” deya yozsa, boshqalar “Humanoid robotlar hozircha faqat kulgili ko‘rinadi” deb hazillashdi.

Bu holat robototexnika sohasidagi muammolarni ochib berdi. Tashviqot videolarida ideal ko‘rinadigan robotlar aslida hali juda ko‘p kamchilikka ega. Texnologiya sohasida ulkan yutuqlar bo‘layotgani rost, lekin bu robotlar odam kabi yurish yoki yugurishga hali tayyor emas.

Bu marafon Xitoy robototexnika sanoati uchun foydali tajriba bo‘ldi, ammo hozircha humanoid robotlar real hayotda inson o‘rnini bosa olish darajasiga yeta olmaganining yana bir isboti boʻldi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *