Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Faoliyatini qo‘shiq kuylashdan boshlagan va klip syomkasida baxtini topgan Asal Shodiyeva 33 yoshda

photo 2023 12 11 07 47 33 gXQzREMk

Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva 6-aprel kuni 33 yoshni qarshi oldi. Bugungi kunda muvaffaqiyatli loyihalardagi turli obrazlari bilan tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan Asal san’atdagi faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlaganini ko‘pchilik bilmasa kerak.

photo 2020 06 01 12 03 09 900x600 I5ylNZ5m
Foto: Instagram

Asal Shodiyeva 1992-yilning 6-aprel sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U sanʼatga kirib kelgan ilk yillarida “O‘zbekistonim” nomli taronani ijro etgan. Aktrisa Uspenskiy nomidagi musiqaga ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan.

photo 2024 04 12 11 44 32 pFHN2FVg
Foto: Instagram / @asalshodieva

U otasi haqida deyarli gapirmagan, ko‘proq onasi, bobo, buvisi va singlisi haqida gapiradi. Asal Shodiyevaning sanʼatga kirib kelishida bobosi Mirzakalon Shodiyevning hissasi katta. U avvaliga xonanda bo‘lishni niyat qilgandi, ammo kutilmaganda rejalari o‘zgaradi.

photo 2024 04 12 10 10 48 XHbN4ipc
Foto: Instagram / @asalshodieva

— Ilk gonorarimni Ravil Botirovning “Jannat qaydadir?” filmidagi rolim uchun olganman. Davlat buyurtmasi asosida olingan filmdagi rolim uchun 400 ming so‘m gonorar berishgan. Filmda kichik rol ijro etishdan tashqari, saundtrekini ham duet tarzida ijro etgandim. 2008-yilda yosh qiz uchun bu kam gonorar emasdi, deydi aktrisa Asal Shodiyeva.

Keyinchalik Asal Shodiyeva aktrisalik sohasida o‘zini sinab ko‘rdi va aynan shu yo‘nalishda mashhurlikka erishdi.

photo 2024 04 12 10 09 08 gTvLJIGR
Foto: Instagram / @asalshodieva

“Janob hech kim”, “Uchar qiz”, “Uylanish”, “Hay-hay qizaloq”, “Majnun”, “Poyga”, “Vahshiy”, “Qaysar oshiqlar” aktrisa ijodidagi muvaffaqiyatli filmlar hisoblanadi. Aktrisa kinodagi faoliyatida tanaffus eʼlon qilganidan keyin “Soxta”, “Uchta so‘z” kabi taronalarni muxlislariga taqdim etdi.

photo 2022 07 20 12 24 00 680x510 680x510 pEgWQ42o
Foto: Instagram / @asalshodieva

U 2012-yili “Hay-hay qizaloq” filmida Yulduz rolini ijro etgan. Aktrisa mazkur rol uchun sochlarini antiqa tarzda kaltalatgan va rangli ulama sochlardan foydalangan. Hamisha nafis imijda ko‘ringan aktrisaning mazkur ko‘rinishi tezda eʼtiborni tortgan. U zamonaviylikka intiladigan va milliy qadriyatlarni unutgan qiz rolini mohirlik bilan ijro etgan.

“Hay-hay qizaloq” filmini ko‘p marta tomosha qilganman. Boisi filmdagi rolim o‘zimga yoqadi. O‘ziga xoslik va yangicha yondashuv bor, deydi Asal Shodiyeva.
photo 2022 12 18 17 40 38 680x510 680x510 1pHVj6FZ
Foto: Instagram / @asalshodieva

Asal Shodiyeva 2016-yilning 5-iyun sanasida xonanda Shohruxxon bilan turmush qurdi. Juftlikning to‘yida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari, jumladan, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, Ulug‘bek Rahmatullayev, Asilbek Amanulloh, Botir Qodirov, Jahongir Poziljonov, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Shahzoda va o‘zbek shou-biznesining boshqa vakillari ishtirok etgan. Qizig‘i shundaki, juftlik munosabatlarini uzoq muddat ommadan sir tutgan.

— Tanishuvimizga “Qo‘shig‘im” klipining syomkasi sabab bo‘lgan. Ungacha u qadar bir-birimizni yaqindan bilmasdik. Syomkadan so‘ng munosabatlarimiz iliqlashgan, deydi aktrisa.

photo 2022 12 18 15 52 33 680x514 680x514
Foto: Instagram / @asalshodieva

Aktrisa Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘i Shohruxxondan 7 yosh kichik. U 1992-yilda, Shohruxxon esa 1985-yilda tavallud topgan. Hozirda Asal Shodiyeva va Shohruxxonning ikki nafar o‘g‘il farzandlari bor.

photo 2024 04 12 10 11 38 jlkrzrDE
Foto: Instagram / @asalshodieva

Asal Shodiyeva turmush qurganidan keyin kinofilmlarda suratga tushishni kamaytirdi va vaqtini oilasiga sarfladi. Ijodga qaytganidan keyin aktrisa turmush o‘rtog‘ining “Yurak”, “Gulim” taronalariga ishlangan videokliplarida suratga tushdi.

photo 2022 07 27 18 02 30 680x493 680x493 lX2fcM0g
Foto: Instagram / @asalshodieva

— Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib aytishim mumkinki, ikki nafar farzandimiz bor, Asal ularga qarashi kerak, undan tashqari uyda ko‘p yumushlari bor, vaqti bo‘lmagani uchun ijodda biroz tanaffus qilishga to‘g‘ri keldi. Ijod qilishiga ruxsat ham, badiiy kengash ham bor, deydi aktrisaning turmush o‘rtog‘i Shohruxxon.

Asal Shodiyeva 2024-yilda yana faol ijodga qaytdi. U rejissyor Dilshoda Qosimovaning “Uyga qaytish” filmida, shuningdek, turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda “Musiqa — bu sevgi” filmlarida suratga tushdi. Bundan tashqari aktrisa turli yirik kompaniyalar bilan reklama shartnomalari imzoladi.