Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Salomatlik

Tibbiyotda Andijon brendi yaratiladi

Muharrir 16.04.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :35

Prezident Shavkat Mirziyoev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig’ilish o’tkazmoqda. Unda ijtimoiy soha masalalariga alohida to’xtalib o’tildi.

Prezident tibbiyotda Andijon brendini yaratish bo’yicha barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

Bu borada o’tgan yili 650 o’rinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o’tkazilib, uni ta’mirlash va jihozlashga 180 milliard so’m berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni o’zida ham o’qish, ham amaliyot o’tash imkonini beradi.

Institutdagi simulyasion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yo’lga qo’yish, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bo’limini qurib, klasterga aylantirish tashabbuslari qo’llab-quvvatlandi. Bunga yana 100 milliard so’m ajratilishi ma’qullandi.

Simulyasion markazda sinovdan o’tgan tibbiy xodimlarga qo’shimcha 100 foiz ustama berilishi belgilandi.

Hozir 2 ming nafar namanganlik yoshlar Andijonga qatnab o’qiyotganini hisobga olib, Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakulteti Andijon tibbiyot instituti filialiga aylanadi. Bu filial keyinchalik mustaqil oliygoh darajasiga olib chiqiladi, Andijon tibbiyot institutiga esa universitet maqomi beriladi.

Umuman, Qirg’iziston, Tojikiston, Xitoy va Hindistondan kelib o’qimoqchi bo’lganlar hisobiga, viloyatda tibbiy ta’lim eksportini yiliga 20 million dollardan oshirish mumkinligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga xorijdan kelib o’qiyotgan talabalar uchun “talaba vizasi” joriy qilish bo’yicha bir oyda taklif kiritish topshirildi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *