Javohir Sindarov jahon chempionligi matchining 4-partiyasidan keyin o‘yinni murakkab deb atadi, ammo durangni odatiy natija hisobladi. Qora donalarda o‘ynagan Sindarov Gukesh bilan 34 yurishdan keyin durangga keldi, hisob — 2:2.
Matchni Jarayon’da jonli kuzatingHar bir yurish, ikkala o‘yinchining soati, kompyuter bahosi va o‘z variantingizni yurib ko‘rish imkoniyatiJonli taxtani ochish“Ikkalamiz ham yaxshi o‘ynadik”
Gukesh 9-yurishda farzinini b1 ga chiqarib, kam uchraydigan rejani tanladi. Sindarov bu rejani tushunib, pozitsiyasini mustahkam saqladi: 13-yurishda f6 bilan markazni ochdi, donalarni almashtirib, partiyani farzinli endshpilga olib o‘tdi. PTI agentligi xabar berishicha, matbuot anjumanida u partiyani shunday baholadi:
Bugun murakkab partiya bo‘ldi. Ikkalamiz ham yaxshi o‘ynadik, shuning uchun durang — normal natija.
Sindarov ketma-ket to‘rtta durang haqida gapirganda shaxmatning o‘ziga xosligini esladi:
Shaxmat teng o‘yin. Ikki tomon ham yaxshi o‘ynasa, natija doim durang bo‘ladi.
“Keyingi o‘nta partiya juda qiziq bo‘ladi”
Matchda hali 10 ta partiya qoldi. Jahon chempioni bo‘lish uchun 7,5 ochko kerak. Sindarov oldinda kurash yanada qiziqlashishini aytdi:
Keyingi o‘nta partiya juda qiziq bo‘ladi.
4-partiyada Sindarov vaqtni tejab o‘ynadi. Partiya tugaganda uning soatida 18 daqiqa, Gukeshda 6,5 daqiqa qolgan edi. 5-partiya bugun, 29-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi, oq donalarda Sindarov o‘ynaydi. 4-partiya qanday kechgani haqida batafsil o‘qing.




