Jahon chempioni Gukesh Dommaraju 4-partiyadan keyin Sindarov bilan kuchlar teng ketayotganini aytdi va 9-yurishda farzinini b1 maydoniga chiqarish g‘oyasini “juda chiroyli” deb atadi. Oq donalarda o‘ynagan Gukesh Sindarov bilan 34 yurishdan keyin durangga keldi, hisob — 2:2.
Matchni Jarayon’da jonli kuzatingHar bir yurish, ikkala o‘yinchining soati, kompyuter bahosi va o‘z variantingizni yurib ko‘rish imkoniyatiJonli taxtani ochish“Bu g‘oyani o‘ynamasligim mumkin emas edi”
Petrov himoyasida Gukesh 9-yurishda farzinini b1 ga chiqardi. Bu yurish qora donalarga bosim o‘tkazishga qaratilgan edi. Sindarov rejani tushundi va pozitsiyasini mustahkam saqlab qoldi. PTI agentligi xabar berishicha, matbuot anjumanida Gukesh bu g‘oyadan voz kecholmaganini aytdi:
Ikki kuchli o‘yinchi yaxshi o‘ynasa, eng ehtimoliy natija — durang. Lekin juda ko‘p qiziq narsalar bo‘lyapti. Farzinni b1 ga chiqarish shunchalik chiroyli g‘oya ediki, uni o‘ynashim kerak edi.
“Ikkalamiz yonma-yon ketyapmiz”
Gukesh 2024-yilda Singapurda Din Lijenga qarshi o‘ynagan matchini eslab, Jenevadagi kurash boshqacha ekanini aytdi:
Singapurda, albatta, ko‘tarilish va tushishlar ancha ko‘p edi. Bu yerda daraja juda yuqori, ikkalamiz yonma-yon ketyapmiz.
Jahon chempioni ketma-ket to‘rtta durangdan xavotir olmayotganini ham bildirdi:
Ikkalamiz ham yaxshi o‘ynayapmiz, ikkalamiz ham kuchli o‘yinchimiz. Oldinda hali ko‘p partiyalar bor.
5-partiya bugun, 29-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi, oq donalarda Sindarov o‘ynaydi. Sindarovning matbuot anjumanidagi fikrlari va 4-partiya tahlili.




