Asosiy matnga o'tish
26-Noyabr, Payshanba
Ta’lim 1 daqiqa o'qish

O‘quv markazlari uchun talablar o‘zgardi: yakka tadbirkorga 15 kv.m xona yetarli

Nodavlat ta’lim xizmati ko‘rsatuvchi yakka tadbirkorlar uchun proyektor va yoritish talabi olib tashlandi, dars xonasiga 15 kv.m yetarli.

Maktab sinfxonasi: bo‘sh partalar va doska, o‘qituvchi oyligi va malaka toifasi
Foto: Unsplash

Nodavlat ta’lim xizmati ko‘rsatadigan o‘quv markazlari va repetitorlik bilan shug‘ullanadigan yakka tadbirkorlar uchun binolarga qo‘yiladigan minimal talablar yangilandi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qarori bilan faoliyatni boshlash haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga kiritilgan o‘zgartishda belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Xonalar uchun minimal maydon

Yuridik shaxslar uchun:⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • to‘garak mashg‘ulotlari xonasi — 15 kv.m;
  • ustaxona — 30 kv.m (agar mavjud bo‘lsa);
  • studiya va individual mashg‘ulotlar xonasi — jami 20 kv.m (agar mavjud bo‘lsa);
  • umumnazariy va umumta’lim laboratoriya xonalari — 25 kv.m (agar mavjud bo‘lsa).

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xona 15 kv.m bo‘lishi yetarli.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Proyektor va yoritish faqat yuridik shaxslardan talab qilinadi

O‘quv xonasida bitta elektron yoki oddiy doska bo‘lishi shart.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Proyektor va xonaning 400 lyuks yoritilganlik darajasi esa endi faqat yuridik shaxslardan talab qilinadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Yakka tadbirkorlar uchun bu ikki talab qo‘llanilmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Davlat binosida ishlasa, xulosani muassasa oladi

Yakka tadbirkor davlat muassasasi binosida dars o‘tkazsa, bino talablarga mosligi haqidagi tegishli xulosalarni bino tegishli bo‘lgan davlat muassasasining o‘zi oladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ya’ni maktab yoki boshqa davlat muassasasidan xona ijaraga olgan repetitor bu xulosalarni o‘zi to‘plashi shart emas.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Rushana Ziyadullayeva
Muallif
Jurnalist, kopirayter va PR mutaxassisi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini “Axborot xizmati xodimi, jurnalist” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Faoliyatini 2020-yilda universitetning axborot-resurs markazida boshlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Keyin “Nuroniy” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida mutaxassis, “Maktabda biologiya” jurnalida mas’ul muharrir lavozimlarida ishlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Yoshlar ishlari agentligida ham faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 2023-yildan “University of Business and Science” universitetida matbuot kotibi va katta kopirayter.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Hozir “Sakura books” nashriyotining bosh muharriri.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ FasTracKids bolalar akademiyasi uchun ham kontent tayyorlaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Reklama va imij roliklari ssenariylari, ijtimoiy tarmoq kontenti, press-relizlar va PR materiallari yozadi.

Google qidiruvidagi “Asosiy yangiliklar” bo‘limida Jarayon xabarlari sizga birinchi bo‘lib chiqsin.

Google’da afzal manba qilish

Mavzuga oid

Ta’lim