Bugun, 3-yanvar kuni tunda Venesuela poytaxti Karakas shahridagi harbiy va fuqaroviy obyektlarga havo hujumi amalga oshirildi. Hukumat AQSHni mamlakatga hujum qilganlikda ayblab, favqulodda holat joriy etdi, deya xabar berdi Associated Press.
Portlash oqibatida Karakasdagi harbiy bazadan tutun koʻtarilgani, yana bir harbiy inshoot elektrsiz qolgani xabar qilingan. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro barcha milliy mudofaa rejalarini amalga oshirishni buyurgan va mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilgan. Hukumat oʻz tarafdorlarini koʻchalarga chiqishga chaqirgan.
Keyinchalik, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qoʻlga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilgani ma’lum qilindi. Bu haqda AQSH prezidenti Donad Tramp maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, AQSH Nikolas Maduroga qarshi keng koʻlamli hujumni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
“Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga qoʻlga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketildi. Ushbu operatsiya AQSH huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Tafsilotlar keyinroq eʼlon qilinadi. Bugun soat 11:00 da Mara Lagoda yangiliklar konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Ushbu masalaga eʼtiboringiz uchun tashakkur”, deb yozgan Tramp.
“Biz prezident Nikolas Maduro va birinchi xonim Siliya Floresning qayerdaligini bilmaymiz. Donald Tramp hukumatidan prezident Maduro va birinchi xonim hayot ekanliklarini darhol tasdiqlashni talab qilamiz”, dedi u o‘z bayonotida.
Rodrigesning ta’kidlashicha, prezident Maduro bundan avval xalqni mamlakatning turli hududlaridagi tinch aholiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bunday hujum haqida ogohlantirgan. Bunga javoban, prezidentning ko‘rsatmasiga ko‘ra, mamlakat mudofaa tizimlari jangovar shaylik holatiga keltirilgan.
“Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu-Yorkning janubiy okrugida sudga tortiladi. Maduro giyohvand moddalar, avtomatlar va vayronkor qurilmalarni moliyalashtirish, import qilish va saqlashda ayblanmoqda. Ular tez orada Amerika hududida va Amerika sudlarida sud qilinadi.”
