Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 072.03 +33.35 EUR 14 016.83 −27.49 RUB 148.01 +1.39

Davlat tashkilotlaridagi 3 644 ta boʻsh ish oʻrni uchun tanlov davom etmoqda

Joriy yilning 9-oktyabr holatiga koʻra, Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida 3 644 ta vakant lavozim uchun eʼlon qilingan tanlovlarga arizalar qabuli davom etmoqda.

 

Mavjud vakant lavozimlarning 2459 tasiga hujjat topshirish uchun ish staji talab qilinmaydi. 

 

Ish staji talab qilinmayotgan vakant ish oʻrinlari bilan tanishish uchun: havola

 

Maʼlumot uchun, ayni damda respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali oʻtkazilmoqda.