Chanchun shahri xalq sudi sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri — Tan Jenszyanni jazo ijrosigacha ikki yil muddat bilan oʻlim jazosiga hukm qildi.
2007-yildan 2024-yilga qadar markaziy va hududiy darajadagi turli lavozimlarda ishlagan amaldor tashkilotlarga tender yutishga koʻmaklashish evaziga pora olib kelgan. Umumiy pora miqdori 268 mln yuandan ziyod (38 mln dollar!) ekanligi aytilmoqda.
Aybdor oʻz aybiga iqror boʻlgan va pushaymonligini bildirgan.
Hukmning kechiktirilishi shuni anglatadiki, ikki yil ichida sobiq amaldor yangi jinoyatlarni sodir etgan taqdirda, jazo amalga oshiriladi. Agar bu vaqt ichida hech qanday jinoyat sodir etilmasa, jinoyatchiga bir umrlik qamoq jazosi tayinlanadi.