Bosh vazir Edi Rama payshanba kuni diella nomli sunʼiy intellektga asoslangan botni “virtual vazir” sifatida tayinlaganini maʼlum qildi.
“Diella” albaniya tilida “quyosh” degan maʼnoni anglatadi. U AI tomonidan yaratilgan ilk vazir hisoblanadi. Undan davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi barcha davlat xaridlarini boshqarish, tender natijalarini aniqlash uchun foydalaniladi. Hukumat bu yo’l orqali korrupsion holatlarga chek qo’yishni ko’zda tutgan.
Diella avvalroq e-Albania (elektron hukumat xizmatlari platformasi) doirasida virtual yordamchi sifatida foydalanila boshlagan edi.