Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Apple taqdimoti bo’lib o’tdi — yangi qurilmalar nimasi bilan hayratlanarli?

Kecha bo’lib o’tgan taqdimotda Apple quyidagi qurilmalarni namoyish etdi:

AirPods 3 Pro:

— Quloqchin endi nutqni real vaqt rejimida boshqa tillarga tarjima qilishi mumkin;
— Quloqchinlar foydalanuvchi pulsini o’qishni va barcha ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Health ilovasiga yuborishni o’rgandi;
— Shovqinni kamaytirish funksiyasi oldingi avloddan 2 baravar, birinchisidan esa 4 baravar yaxshiroq ishlaydi;
— Namlikdan himoya yaxshilandi — endi quloqchin bilan suzish mumkin;
— Juda ham sifatli tovush — u hozirda dunyodagi eng yaxshi quloqchindir;
— Narxi – $249 dollar.

Apple Watch Series 11:

— 10-avlodga nisbatan 2 baravar yaxshiroq himoya;
— Soat bosimni o’lchashni o’rgandi;
— Apple tarixidagi eng yupqa va eng aniq ishlaydigan aqlli soat;
— Narxi – 250 dollardan.

iPhone 17:

— 120 hz chastotali 6,3 dyuymli ekran;
— Tanlovga beshta rang mavjud;
— A19 chipi — Apple tarixidagi eng yaxshisi;
— Asosiy kamera 48 MP va telefoto 12 MP;
— Kamera endi iPhone’ni aylantirmasdan ham vertikal, ham gorizontal suratga olishi mumkin;
— 256 gigabayt xotira endi standart hisoblanadi;
— iPhone 17 iPhone 16 ga qaraganda 8 soat ko’proq ishlaydi;
— Narxi — 799 dollardan.

iPhone 17 Air:

— Qalinligi atigi 5,6 mm;
— Bardoshli titan ramka;
— To’rt xil rangda mavjud;
— Eng kuchli A19 Pro protsessori — kuchliligi jihatdan deyarli MacBook’ga teng;
— Bitta kamera — 48 MP, old kamerasi 18 MP.

iPhone 17 Pro va Pro Max:

— Eng kuchli A19 Pro chipi, umuman qotmaydi;
— Orqa paneli va kamera blokining mutlaqo yangi dizayni;
— Yangi chiroyli «Cosmic Orange» rangda mavjud;
— Zarbalarga 4 baravar yaxshiroq chidamli;
— Har uchala kamera ham 48 MP;
— 8X yaqinlashtirish funksiyasi, Apple tarixidagi eng katta;
— Kameralar juda tinniq 4K video yozishi mumkin — butun taqdimot 17 Pro’da olingan;
— Bir zaryadda 39 soatgacha ishlaydigan batareya!
— Shisha yo’q – faqat titan va keramika;
— Pro narxi 1099 dollardan, Pro Max — 1199 dollardan boshlanadi.

Barcha yangi qurilmalar sotuvda 19-sentyabrdan mavjud bo’ladi.