Bugun, 15-avgust kuni elektron savdoda boshlang‘ich narxi 500 million so‘m etib belgilangan mobil raqam 850 million so‘mga sotildi. Bu haqda Tovar xom-ashyo birjasining mobil raqamlar onlayn savdosida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu savdo 8-avgust kuni soat 12:16 da boshlanib, 15-avgust 12:26 da yakunlangan. Ushbu raqam +998 91 000 00 00 bo‘lib, jismoniy shaxs tomonidan xarid qilindi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 20-mart kuni onlayn-auksionda mobil telefon raqami 1,07 milliard soʻmga sotilgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyda «baxtli raqam» 440 ming dollarga sotilgani haqida yozgandi.