Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Rossiyada Telegram va Whatsapp messenjerlari orqali qoʻngʻiroqlar cheklandi
Jahon

Rossiyada Telegram va Whatsapp messenjerlari orqali qoʻngʻiroqlar cheklandi

Gulhayo Naimova 14.08.20251 daqiqa o'qiladi
97

Rossiya telekommunikatsiya nazorati organi Telegram va WhatsApp messenjerlarida ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasini (VoIP) qisman bloklaganini ma’lum qildi. Roskomnadzor qarorni xizmatdan firibgarlar foydalanayotgani va kompaniyalar Rossiya qonunchiligi talablarini bajarmayotgani bilan izohladi.

Cheklovlar faqat qo‘ng‘iroqlarga taalluqli bo‘lib, matnli chatlar, fayl almashish va “status” funksiyalari odatdagidek ishlashda davom etadi.

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi chorani qo‘llab-quvvatlab, bu firibgarlik qo‘ng‘iroqlari sonini kamaytirishga yordam berishini bildirdi. Vazirlikka ko‘ra, messenjerlar Rossiya huquq-tartibot organlarining firibgarlik va terrorizmga tayyorgarlik bo‘yicha ma’lumot so‘rovlarini rad etadi, biroq xorijiy maxsus xizmatlar murojaatlariga tezkor javob beradi.

Qo‘ng‘iroqlar funksiyasi faqat kompaniyalar Rossiya talablarini bajarganidan so‘ng tiklanishi mumkin.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Telegram 2024-yilda Rossiyada 95 mingta taqiqlangan kontent sahifasini, 2025-yilning dastlabki ikki oyida esa yana 16 ming sahifani o‘chirgan. Kompaniya vakili har kuni neyrotarmoqlar va foydalanuvchi shikoyatlari tizimi yordamida millionlab zararli materiallar olib tashlanayotganini aytgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *