Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Yangiliklar

Meta 24 yoshli sun’iy intellekt mutaxassisiga 250 mln dollarlik maosh taklif qildi

Abrambek Azimov 09.08.20251 daqiqa o'qiladi
1148

Meta kompaniyasi 24 yoshli sun’iy intellekt tadqiqotchisi Mett Deytkega kompaniyada to‘rt yil ishlashi uchun 250 million dollarlik shartnoma taklif qildi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Dastlab Deytkega aksiyalar va naqd pullar ko‘rinishida 125 million dollar taklif etilgan, biroq bu miqdor unga yetarli bo‘lmagach, Mark Sukerberg bevosita uchrashib, summani ikki baravar oshirgan. Yangi shartnomaga ko‘ra, birinchi yilning o‘zida u 100 million dollargacha qismini olishi mumkin.

Deytke avval Allen Institute for AI’da ishlagan va “Molmo” multimodal chatbotini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. Shuningdek, u Vercept nomli startap asoschisi bo‘lib, ushbu kompaniya mustaqil ishlovchi sun’iy agentlar yaratishga ixtisoslashgan. Vercept atigi 10 nafar xodimga ega bo‘lsa-da, sobiq Google rahbari Erik Shmidt boshchiligidagi investorlar tomonidan 16,5 million dollar sarmoya jalb qilgan.

So‘nggi vaqtlarda Meta, Microsoft, Google va OpenAI bir-birining xodimlarini shu qadar faol ravishda jalb qilmoqdaki, internetda ishga olish haqidagi e’lonlar sportchilarning almashinuv (transfer) jadvaliga o‘xshab qolgan.

Ma’lumot uchun: Meta 2025-yil boshida sun’iy intellektni takomillashtirish bo‘yicha kadrlar yollashga 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. Kompaniyaning yillik kapital xarajatlari esa 72 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Massachusets texnologiyalar instituti iqtisodchisi Devid Autor bu holatni “bugun IT mutaxassislari professional sportchilar darajasida maosh olayotgan davr”, deya izohladi.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *